Qashqadaryoda muxbir firibgarlikda ayblanib qamaldi
3-sahifa
−
26 noyabr 4999 2 daqiqa
“Aspekt 24” axborot agentligining 2 nafar maxsus muxbiri sud hukmi bilan firibgarlik qilishda aybdor deb topildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudining 2025 yil 4 noyabrdagi hukmi bilan A.A. (1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “a” bandi va 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlari, I.E. (2004 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 28,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
A.A.ga 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, I.E.ga 3 yil muddatga (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 1 yil-u 4 oy 12 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan) axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Shuningdek, A.A. va I.E. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan 1 yil muddatga davlat ishtirokidagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritish huquqidan mahrum qilingan.
Bildirilishicha, ayni paytda birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirgan bo‘lib, ushbu hukm ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqlidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Live
Barchasi