Qashqadaryoda “marixuanachi”larning faoliyatiga chek qo‘yildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi va qator giyohfurushlarning jinoiy ishlariga chek qo‘yildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanning “Ayronchi” mahallasida yashovchi S.B “Po‘lati” shaharchasida “B” ismli shaxsga sof og‘irligi 5,2 gramm bo‘lgan marixuanani 400.000 so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi. 

Shu kuni soat 20:00 larda esa tumanning “Nurafshon” mahallasida yashovchi E.A yashash uyi yonida to‘xtatilib, kiyimlari ko‘zdan kechirilganda, charm kurtkasining chap tomon ichki cho‘ntagidan oq rangli selofan paketga solingan 10,7 gramm marixuana giyohvandlik vositasi topildi.

Bu hali hammasi emas edi. E.A.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yashash uyi yotoqxonasidan 90 dona gugurt qutisiga joylangan 266,6 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan S.B va E.A.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat marixuana

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing