Qashqadaryoda Labo yonib kul bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Labo rusumli mashina butkul yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, voqea bugun, 15 aprel kuni soat taxminan 12:03 da Qarshi shahar “Xudoyzod” mahallasi Tafakkur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan xabar Qarshi shahar FVBga kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi 12:11 da yetib borgan va yong‘in to‘liq 12:17 da o‘chirilgan.

Yong‘in sodir bo‘lishidan avval oq rangli Labo rusumli avtoulov shatakka olib ketilayotgan bo‘lgan. Avtomobil Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi fuqaro S.B.ga tegishli bo‘lgan.

“Yong‘in sabablari elektr simlarining qisqa tutashuvi ekanligi taxmin qilinmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qashqadaryo Qarshi FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing