Qashqadaryoda kredit mablag‘larini “tuya qilgan” hokim yordamchisi qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Dehqonobod tumani “Beshqo‘ton” MFY da hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan A.T bir guruh tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov davomida A. T. ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasining sobiq mansabdor shaxslari 1 mlrd 6 mln so‘mni talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining 12 ming dollar pora olayotganda ushlangan o‘rinbosari 6 yilga qamalgani malum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing