Qashqadaryoda koronavirusga test topshirish muammo bo‘lyaptimi?

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi mudiri shifoxonada sharoitlar yaratilmagani va muassasa maxsus himoya vositalari bilan ta’minlanmaganligi haqidagi masala o‘rtaga chiqdi. Aytishlaricha, shaharda koronavirusga test topshirish uchun laboratoriyalar yo‘q. Bu ma’lumotlar haqiqatga nechog‘li yaqin?

Bugun, 26 mart kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat  Otabekov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi. U koronavirusga oid savollarga javob berar ekan, mazkur masalaga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Mening nazarimda, bu juda ham noto‘g‘ri gap. Hech qachon tibbiyot xodimi bu kabi javob bermagan bo‘lar edi. Negaki, O‘zbekiston tibbiyoti epidemiyalarga qarshi kurashda tayyorgarlik va shaylik holatiga keltirilgan. Davlatimiz rahbariyati yetarli miqdorda mablag‘ ajratgan. Barcha imkoniyatlar ishga solingan. Tibbiyot sohasidan boshqa barcha dahldor vazirlik va tashkilotlar bu ishga safarbar qilingan. Bunaqa paytlarda sergakligi, hushyorligi, imkoniyati oshirilmagan tibbiyot muassasalarining o‘zi bo‘lishi mumkin emas”, dedi Nurmat  Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing