Qashqadaryoda ketma-ket ikkita qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 16-17 fevral kunlari ikkita qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Kecha, 16 fevral kuni soat taxminan 11:00 larda Shahrisabz tumani Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lida 1200 m.kv hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. 

Voqea joyiga tuman hokimligi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari chiqib, ushbu qor massalarini zarur texnikalar yordamida to‘liq bartaraf etgan. Avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, ushbu manzilda bugun, 17 fevral kuni taxminan soat 10:30 da yana bir bor qor ko‘chishi kuzatilgan. Oqibatda yo‘lning taxminan 15 metr qismini qor massasi yopib qo‘ygan. Hozirda ushbu ko‘chki oqibatlari mexanizatsiya kuchlari yordamida bartaraf etilmoqda.

Ushbu ikkita holat oqibatida hech bir bino inshootlarga zarar yetmagan, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

qor ko'chkisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing