Qashqadaryoda qor yog‘di

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joriy yilning 1 aprel kuni qor yog‘di. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, qor yog‘ishi tumanning tog‘li Oybek va Duob qishloqlarida kuzatilgan.

“1 aprel kuni tumanimizning bir tomonida qor yoqqan bo‘lsa, yana bir tomonida yomg‘ir, bir tomonida esa bulutli havo va yana bir chekkasida bahordan darak bo‘lgan tog‘ lolasini ko‘rdim”, deydi Dehqonobod tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev.

Ma’lumot o‘rnida, 1 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turdi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘di. Shamol Harorat kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

1007

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing