Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq o‘ldirildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayiq Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan otib o‘ldirilgan. Voqea qachon bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Tarmoqda tarqalgan videoda o‘lik ayiqning terisi shilinayotganini ko‘rish mumkin. Ayiqni nimtalayotgan mahalliy bozor rahbari ekani iddao qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bu joriy yilda o‘ldirilgan uchinchi ayiq. Bundan avval, Namangan va Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq o‘ldirilgandi. Ayiqni o‘ldirganlarga chora ko‘rilgan yoki ko‘rilmagani noma’lum. Biroq o‘zbekistonda sanoqli qolgan jonivorlarni o‘ldirish davom etayotganiga qaraganda ovchilar jazolanmagan yoki yengilgina jazo bilan cheklanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo ayiq

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing