Qashqadaryoda qiz shantaj sabab o‘zini osib qo‘ydi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida bir ayolni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda JIB Kasbi tuman sudi vakili QALAMPIR.UZ saytiga  ma’lum qildi.

"Ijarachi G.Sh. o‘zining go‘zalik salonini M.J.ga oyiga 300 ming so‘m evaziga ijaraga beradi. 1 aprel kuni M.J.ning qizi Sh.R. IIB xodimi Z.R. bilan go‘zallik salonida quchoqlashib turganida, ijarachi ikki qizi va kuyovi hamda jiyani T.S bn kirib keladi va jiyani T.Sga ularni telefon orkali video tasvirga olish haqida topshiriq beradi. Ularni videoga olib, qizdan “Meni Z.R. zo‘rladi”, degan tilxat yozdirib oladi. 

Shundan so‘ng ijarachi G.Sh. IIB xodimi Z.R.dan O.T.ning mendan 10 mln so‘m qarzi bor, o‘shani olib berasan, deb talab qo‘yadi. Sh.R.ga esa agar ijara uchun oyiga 100 dollardan to‘lamasang, video tasvirlarni namoyish qilaman deb tahdid qilgan. 

3 aprel kuni video tasvir tarqalib ketishidan va  shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi matlumotlar oshkor bulishidan qo‘rqib o‘z joniga qasd kilgan Sh.R. salon shiftiga o‘zini osib qo‘yadi.

Ayolning o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazishida aybdor deb topilgan  G.Sh.ga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi, T.S.ga esa shaxsiy hayot daxlsizligini buzgani uchun 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi", deyiladi xabarda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing