Qashqadaryoda qidiruvga berilgan jinoyatchi Toshkentda qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
12 aprel
18176Qashqadaryo viloyatida qidiruvga berilgan jinoyatchi Toshkent shahrida qo‘lga tushdi. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro S.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun Mirishkor tuman IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Tumanning “Mirobod” MFYda yashovchi, fuqaro S.A. Mirishkor tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahar hududida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar Ozarbayjonda qo‘lga tushgan edi.
LiveBarchasi