Qashqadaryoda g‘alla dalasi yonib ketdi
3-sahifa
−
28 may 2023
20353Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida g‘alla ekilgan dalada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Kecha, 27 may kuni soat 15:11 larda Kitob tumani FVB ga “Zarafshon” mahallasi, Minjil qishlog‘ida joylashgan “Ayoqchi” fermer xo‘jaligiga qarashli ochiq dalada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 15:58 larda voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 16:50 larda bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatida fermer xo‘jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g‘alla maydoni zarar ko‘rgan.
Mahalliy aholi va yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari bilan ekin maydonga yondosh bo‘lgan qariyb 15 gektar ekin maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahridagi kafelardan biri yonib ketgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi