Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida kafelardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi

Kecha, 27 may kuni soat 21:16 larda Qarshi shahar FVB ga I.Karimov ko‘chasida joylashgan kafe yonayotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. 

Xabarga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga jalb qilinib, soat 21:21 larda hodisa joyiga yetib borgan va yong‘inni to‘liq soat 21:56 larda bartaraf etgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, binoning 1-qavatida fuqaro I.E.ga tegishli erkaklar saloni va pastki (podval) qismida kafe joylashgan.

Yong‘indan kafening 80 metr kvadrat maydonda ichki qismi va oshxona jihozlari zararlangan.

“Yong‘in binoning kirish qismida vaqtincha foydalanish uchun qo‘shimcha yog‘ochdan qurilgan oshxonasidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, fuqaro I.E. ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, oyog‘idan yengil jarohat olgani aniqlangan.

Hozirda yong‘in sabablari va zarari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing