Qashqadaryoda fuqaro ota-onasining ko‘z oldida kaltaklandi. IIB holatga izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Shahrisabzda fuqaro ota-onasining ko‘z o‘ngida ko‘cha bolalari tomonidan vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 12:30 larda Yo.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinasini rusumli avtomashinasida “Yangi Kesh” bozori yonidan burilib, 30 metr harakatlanib borib, yo‘lning chap tomonidagi avtomashinalar turar joyiga kirish uchun to‘xtab turgan U.O. boshqaruvidagi Spark`ni orqa tomonidan urib yuboradi. Natijada avtomobillarga shikast yetgan, hech kim tan jarohati olmagan.

Haydovchilar Yo.Yu. va U.O. avtomashinadan tushib, o‘zaro gaplashib turganida o‘tkinchi B.J. ularning oldiga kelib, “o‘zaro kelishinglar, hozir YXHB xodimlari kelib, ikkalaringni ham olib ketadi” deb aytadi.

Yo.Yu. esa B.J.ga “manga farqi yo‘q, sen kimsan, YHXB xodimlarining qo‘lidan hech nima kelmaydi, sen bu yerdan ket” deb aytib uni haqorat qiladi.

Bundan jahli chiqqan B.J. qo‘lidagi “Coco-cola” ichimligining shishasi bilan Yo.Yu.ning boshiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazadi.

Natijada Yo.Yu. tan jarohati olib, Kitob tumani Tibbiyot birlashmasi Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilib, davolanish uchun yotqizilgan. 

Kitob tumani Tibbiyot birlashmasi shifokori A. Yusupov tomonidan 3 noyabr kuni berilgan ma’lumotnomada Yo.Yu.ning tanasida: yopiq kalla miya shikasti, bosh miya chayqalishi, boshni tepa sohasida yumshoq to‘qimalarni lat yeyishi ko‘rinishida tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan. 

Ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 11 noyabr kuni Yo.Yu. shifoxonadan chiqqanligi sababli sudga oid tibbiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan. 

To‘plangan hujjatlar Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi ish yurituvida bo‘lib, sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasi olingach, xulosaga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahrisabz

Baholaganlar

872

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing