Qashqadaryoda erkak tanish ayolining yalang‘och rasmlarini tarqatmaslik uchun pul so‘radi
3-sahifa
−
15 may
9327Qashqadaryoda kirakash erkak sevgilisining yalang‘och rasm va videolarini tarqatib yubormaslik uchun 2 million 800 ming so‘m so‘radi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli (ayol) G.S. murojaat qilib, noma’lum shaxs uning yalang‘och holdagi video va foto tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 2,8 million so‘m talab qilayotganini aytgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qarshi shahrida yashovchi 35 yoshli N.J. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.J. aslida kirakashlik bilan shug‘ullanishi, shuningdek, jabrlanuvchi G.S.ni bir necha bor uyiga olib borib qo‘yib u bilan tanishib olgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu shaxs G.S. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 2,8 million so‘mlik telefon qurilmasi yoki ushbu telefon qurilmasining pulini talab qilgan. N.J. mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi