Qashqadaryoda erkak hamqishlog‘ini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

 Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida birgalikda ovqatlanayotgan ikki fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni soat 21:45 larda Koson tumani “Quyi Obron” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Yu.A. hamqishlog‘i T.E. bilan qishloqdagi choyxonaga kelib, ovqatlanish jarayonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda bir-birini haqoratlab, janjallashib qoladi.

Shundan so‘ng sarxush yigitlar kuch sinashish maqsadida tashqariga chiqadi. Shu payt Yu.A. tashqaridagi shashlik qo‘ra yonidagi stol ustida turgan pichoqni olib T.E.ning pastki jag‘iga tiqib oladi. Oqibatda T. E. olgan og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan Yu.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing