Qashqadaryoda Captiva yonib ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Damas hamda Captiva rusumli mashinalar ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bo‘limi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, voqea bugun,12 aprel kuni soat taxminan 12:00 larda Shahrisabz shahridagi “Kitob-Shahrisabz” avtomobil yo‘li va T.Bahodirov ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Haydovchi A.O. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi chorrahada haydovchi J.S. boshqaruvida bo‘lgan Captiva rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, Captiva rusumli avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing