Qashqadaryoda bobo va nabira YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyatida haydovchi Nexia-3 rusumli avtomobilda velosipedni urib yuborishi oqibatida nabira va uning bobosi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXBB xabar qilmoqda.

Joriy yilning 23 iyun kuni soat taxminan 17:30 da Kitob tumanidan o‘tuvchi 4K-271 avtomobil yo‘lining 9 kilometrida Nexia-3 avtomobili haydovchisi velosipedni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada ushbu velosipedni boshqarib kelayotgan kishi va uning voyaga yetmagan nabirasi og‘ir tan jarohati olib vafot etadi.

Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot guruhi rahbari Javlon Baxtiyevning ma’lum qilishicha, mazkur YTH yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, 50-60 metr masofada velosipedni ko‘rgan, ammo oradagi masofa yaqin qolganida velosiped uning qarshisiga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing