Qashqadaryoda bezorilik qilgan 10 kishi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
07 mart
7691Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bezorilik qilib, aka-ukaga tan jarohati yetkazgan 10 kishi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 fevral kuni soat 19:30 da Chiroqchi tumanida joylashgan “Sharjah” sport kompleksida shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Oqibatda shu tumanda yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro Q.O. to‘qqiz nafar sherigi bilan aka-uka J.I. va J.A.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) “a“, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ishtirokchilarning o‘n nafariga nisbatan protsessual tartibda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahridagi “Verona” kompyuter o‘yinlari klubida o‘yin o‘ynashga borgan yigitlar kelishmovchilik sabab klub xodimini kaltaklagandi. Uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ularning yana uch sherigiga nisbatan ma’muriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi