Qashqadaryoda betonga urilgan Cobalt'dagi hech kim tirik qolmadi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryoda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilishi oqibatida 5 kishi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa joriy yilning 1 yanvar kuni soat 13:00 larda Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Termiz-Toshkent” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi yomg‘irli ob-havoni inobatga olmasdan katta tezlikda harakatlangan. Shu sabab haydovchi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. 

Hodisa oqibatida haydovchi A.M. hamda ushbu avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchilar olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

1144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing