Qashqadaryoda 72 yoshli erkakni mahalladoshi kaltaklab o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 72 yoshli erkak kaltaklanishi oqibatida hushidan ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, voqea joriy yilning 13 aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Kitob tumani “Guliston” mahallasida sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi U.E. bilan T.Q. o‘zaro janjallashib qolgan. T.Q. qo‘lidagi tayoq bilan U.E.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Erkak o‘sha kuni shifoxonada vafot etgan. 

Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov Bo‘limi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov davomida T.Q. jinoyat ishida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing