Qashqadaryoda 50 000 so‘m uchun odam o‘ldirildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida qotillik jinoyatiga qo‘l urildi. Va, eng achinarlisi, bu ish 50 000 so‘m evaziga amalga oshirildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 16 iyun kuni taxminan soat 10:20 da Qamashi tumani Iftixor ko‘chasida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasidagi do‘kon xodimi fuqaro A.L., shu yilning 27 aprel kuni “REDMI 8A” rusumli uyali telefon apparatini E.S. ga 1 mln 600 ming so‘mga sotadi. Xaridor undan 250 000 so‘m qarzdor bo‘lib qoladi. 

Oradan kunlar o‘tib E.S. to‘lanmay qolgan 250 000 so‘mni berish maqsadida do‘konga keladi. A.L. undan 300 000 so‘m berishini talab qilib, u bilan o‘zaro janjallashib qoladi. U E.S. ni do‘kon tashqarisiga olib chiqib, yuzi va bosh qismiga mushti bilan bir necha marotaba uradi. Oqibatda E.S. yerga bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati oladi va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqiziladi. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etadi.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, E.S., bosh miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining chiziqli sinishi va boshqa ko‘rinishdagi hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.L.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qashqadaryo

Baholaganlar

747

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing