Qashqadaryoda 5 kishi qiz bolani zo‘rladi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi o‘ttiz yoshdan oshgan besh nafar fuqaro ushlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.

Ular joriy yilning oktyabr oyida, tungi soat 1:30 da ko‘chada ketayotgan 26 yoshli M.T.ni majburlab mashinaga o‘tqizib, ovloq joyga olib borishgan va nomusiga tegishgan.

Hozirgi kunda jinoyatchilarning barchasi ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hayratlanarlisi esa, e’tibor bergan bo‘lsangiz, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi: yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi ekan. Bu ham oilada tarbiya masalasiga e’tiborsizlikdan biri emasmi? Bu kabi savollar ko‘p. Lekin bu singari savollarni jiddiy o‘ylab ko‘rmaslikning oqibati jinoyatlar kelib chiqishiga sabab emasmi?!”, deb yozadi nashr.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo zo'rlash

Baholaganlar

1660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing