Qashqadaryoda 40 dan ziyod echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoner ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida 43 bosh Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkiemarni o‘ldirib, sotish maqsadida terisini shilgan brakoner ushlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning 14 iyun kuni viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Kasbi tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida brokonerlikka qarshi kurashish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida “Kasbi” MFYning Obod mahalla ko‘chasida yashovchi fuqaro M.I. xonadonida O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarni tutqunlikda saqlab kelgani aniqlangan.

Shuningdek, M.I. uzoq vaqtdan buyon bu turdagi jonivorlarni so‘yib, terisini sotish maqsadida quritib kelgani ma’lum bo‘lgan. 

Tezkor tadbir davomida fuqaroning uyidan 20 bosh tutqunlikda saqlanayotgan echkiemar va 43 ta shilib, quritilgan echkiemar terisi topilgan va ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunining 25-moddasi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining 47, 49, 50-moddalari, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunining 51, 53-moddalari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida ko‘rsatilgan talablariga asosan huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311 million 850 ming so‘m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Tirik jonivorlar o‘zining yashash muhiti hisoblangan Muborak tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo brakon'er echkiemar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing