Qashqadaryoda 27 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi kurash vaqtida vafot etgan

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida 27 nafar shifokor va hamshira koronavirusga qarshi kurashib, xizmat vazifasini bajarish davrida vafot etgan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi va ularning ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 8 oktyabr, tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan shifokorlarning oilalariga 10 million so‘mdan, hamshiralarning oilalariga 5 million so‘mdan bir martalik yordam pullari yetkazilgan.

Koronavirusga qarshi kurash vaqtida vafot etgan tibbiyot xodimlari:

1. Nurmatov Sherali Nazarovich – Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

2. Muzaffarov Raul Kamolovich – Viloyat sanitariya-epedimiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epedimiologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

3. Ko‘charov Xo‘ja Umarovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

4. Yoqubov Kengboy Ibragimovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Koson tumani.

5. Boymurodov Xanjar Bahorovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

6. Imomov  Bo‘ron  Buriyevich – Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.

7. Vazirov Bekmurod Ma’diyevich – Viloyat 1-son asab-ruxiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

8. Abiraxmatov Parda Xaitovich – G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi, Qovchin QVP umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.

9. Rahimov Sayfulla Karimovich – G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.

10. Ko‘chimova Sitora  Eraliyevna – G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO terapiya bo‘limi xamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.

11. Elmurodova Elnora Nuriddin qizi – G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO xirurgiya bo‘limi xamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.

12. Toshpo‘latova Saodat Tojiyevna – G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi xamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.

13. Chaqqonova Barno Muhiddinovna – G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi SHTYO terapiya bo‘limi orastabonusi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. G‘uzor tumani.

14. Ismatova Mahbuba O‘rinovna – Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.

15. Omonova Navbahor Raxmatullayevna – Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

16. Xudoyberdiyeva Dilbar Raxmanovna – Qarshi ko‘p tarmoqli markaziy  poliklinikasi immunolog vrachi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.

17. Jo‘rayev Bahodir Kenjayevich – Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi tumani.

18. Qo‘shoqov Husan Pardayevich – Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Dehqonobod tumani.

19. Saodatov Bobomurod Qahharovich – Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj xamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Dehqonobod tumani.

20. Utanov Qulmuhammad – Dehqonobod ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Dehqonobod tumani.

21. Ibragimov Ashur Raxmatullayevich – Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj xamshirasi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qamashi tumani.

22. Suyunov Baxtiyor Turdiyevich – Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYO bo‘limi vrachi bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qamashi tumani.

23. Xidirova Xadicha Nazarovna – Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qamashi tumani.

24. Nazarov Mamayoqub Usmonovich – Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Kitob tumani.

25. Ashurov Tulqin Abdullayevich – Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Qarshi shahri.

26. Ismoilova Shoira Negmatovna – Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Shahrisabz shahri.

27. Fayziyev Shukrullo – Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediator shifokori bo‘lib ishlagan. 2020 yil vafot etgan. Shahrisabz tumani.

“Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida o‘qib, umrini shu kasbga bag‘ishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1985-1995 yillarda tug‘ilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini o‘rganishga bag‘ishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo koronavirus tibbiyot xodimi

Baholaganlar

248

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing