Qashqadaryoda 134 xotin-qizning kontrakt pullari to‘lab berildi
Jamiyat
−
22 dekabr 1095 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan viloyatdagi 134 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berildi. Bu haqda viloyat hokimi Murodjon Azimovning bugun, 22 dekabr kuni qabul qilingan “Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 134 nafar, xususan, 18 nafar 1-kurs, 116 nafar yuqori kurs talabalarining qariyb 1 mlrd 128 mln so‘mlik to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berilgan.


Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr