Qashqadaryoda 108 litr sifatsiz yog‘ni bozorga chiqarmoqchi bo‘lgan “tadbirkor” ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryolik tadbirkor 108 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini muomalaga chiqarmoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Q.” oilaviy korxonasi rahbari Q.A. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida qo‘lbola usulda tayyorlangan juvoz uskunalarini o‘rnatib, yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

“Ushbu yog‘ mahsulotlari iste’molchilarning hayoti va sog‘liqni saqlash talablariga mutlaqo javob bermacligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida oilaviy korxona rahbarining 108,8 litr yog‘, 210 kg chigit, 4 dona juvoz uskunasi hamda 2 dona elektr dvigatel va boshqa moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Narpay tumanida noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish sexi fosh qilingani haqida xabar bergan edik.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tadbirkor sifatsiz yog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing