Qashqadaryoda hokimlik xodimi pora olayotganida ushlandi
3-sahifa
−
12 fevral 2023
11217Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi mahalliy qurilish firmasi vakilidan noqonuniy tarzda 370 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs tumandagi ikkita maktabgacha ta’lim tashkilotida rejalashtirilgan 5 mlrd 250 mln so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha loyihani tenderda yutib berishni va’da qilgan. U evaziga ushbu summaning 7 foizini talab qilgan.
Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Yakkabog‘ tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi