Qashqadaryo elektr orqali ko‘p miqdorda baliq ovlagan ovchilar ushlandi
Jamiyat
−
23 dekabr 2021
11718Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida elektr toki orqali baliq ovlagan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari Z.Ernazarov, B.Toshpo‘latov, M.Cho‘liyev va A.Salomov joriy yilning 20 dekabr kuni Mirishkor tumani “Mirishkor” kanalida nazorat reyd tadbiri o‘tkazgan. Reyd davomida tungi soat 23:00 larda Mirishkor tumani “Oqmachit” MFYda yashovchi fuqaro U.Ya va boshqalar elektr toki (elektroudochka) yordamida noqonuniy va ayni paytda shafqatsizlarcha jami 385 (uch yuz sakson besh) dona shundan, 1 (bir) dona zog‘ora (sazan), 1 (bir) dona sudak, 75 (yetmish besh) dona leshch, 200 (ikki yuz) dona karas baliqlari va 108 (bir yuz sakkiz) dona O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdoriga o‘xshash baliqlarni ovlagani aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Mirishkor tumani “Oqmachit” MFY yashovchi fuqarolar U.Ya va uning sheriklaridan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 1 (bir) dona rezina qayiq (lodka), 1 (bir) dona ko‘k rangli akkumlyator 2 ( ikki) dona elektr qarmoq (sachok), 3 (uch) metr tok uzaytirgich sim, 1 (bir) dona nasos, 4 (to‘rt) dona qo‘ldan yasalgan eshkak, 1 (bir) dona sim o‘ralgan yog‘ochlar olib qo‘yilgan va vaqtinchalik saqlab turish uchun viloyat Ekologiya boshqarmasining omborxonasiga topshirilgan.
Ashyoviy dalil sifatida olingan Turkiston mo‘ylovdoriga o‘xshash baliqlarning O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori (shimbaliq) turiga mansub yoki mansub emasligi yuzasidan mutaxassis xulosasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga aloqa xati orqali namuna yuborilgan.
Zoologiya institutining xulosasi olingandan keyin barcha noqonuniy ovlangan baliqlarga belgilangan tartib asosida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanadi va qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga to‘plangan hujjatlar taqdim etiladi.
LiveBarchasi