Qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi
Jamiyat
−
08 Oktabr
7204Endilikda qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoiy emas, balki ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga kiritildi. Bu haqda kecha, 7 oktyabr kuni qabul qilingan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, kodekslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan to‘ldirish, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
- Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;
- 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr