Qarshidagi qamoqxonada 19 yashar yigit o‘z joniga qasd qildi
Jamiyat
−
23 avgust 2021 17814 1 daqiqa
Qarshi yaqinidagi Shayxali posyolkasi 35-sonli manzil koloniyada 19 yashar mahkum Jasur Dehqonov o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Inson huquqi faoli mahkum o‘lmaganini qo‘shimcha qilgan.
“Hayratlanarlisi, uning lezviya bilan tomirlarini ochayotganini qamoqxona xodimlari shaxsiy telefoniga videoga olib turgan. Ustidan kulib, izza qilishgan.So‘ng yigitni izolyatorga qamashibdi, zonaga qaytarishmoqchi ekan. Bu hodisadan Qashqadaryo maxsus prokurorining g‘azabi qo‘zg‘ab, xodimlarga ish qo‘zg‘atgan”, deydi Tashanov voqea guvohiga tayanib.
Holat bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi, voqea joyiga Ombudsmanning mahalliy vakillari ham kelgan.
“Militsiyaning bunday harakatlariga quloqlar ham o‘rganib qoldi. Qolaversa, hozir barcha ma’lumotlar “Tolibon” voqealari soyasida qolib ketmoqda. Nima ham derdik. To‘zim bersin, yosh yigit ekan”, deydi Tashanov.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr