Qarshida YPX avtomobili yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahrida yo‘l-patrul xizmati avtomashinasi yonib ketgani haqida xabar va video tarqaldi. Mazkur hodisa yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 18 dekabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan viloyat hokimligi binosining ro‘parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.Oymurodov boshqaruvidagi Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in YPX Qarshi

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing