Qarshida uydagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 yanvar kuni tongda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda uy binosining devorlari qulagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo‘lgan uy ichidan olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz FVV portlash Qarshi

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing