Qarshida universitet yuriskonsulti pora olayotganda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti o‘qishni  ko‘chirib berish evaziga 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti Koson tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘qiyotgani to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, o‘qishini Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora yuriskonsul't

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing