Qarshida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoq orqali Qarshi tumanidagi maktabda o‘quvchilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar taqraldi.  Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida Qarshi tumani Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganligi holatlari aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat Qarshi

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing