Qarshida o‘qituvchisi pora so‘ragan talaba o‘zini osgani aytilmoqda

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, joriy yilning 27 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmagani va uning imtihondan o‘tishi uchun o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilgani ko‘rsatilgan va aynan shu holat marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Shunga ko‘ra, mazkur vajni o‘rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari ish natijalari haqida qo‘shimcha xabar berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Shovot tumanida 19 yoshli kelin M.Q. uyidagi molxonasida o‘zini osib o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing