Qarshida supermarket qo‘riqchisini pichoqlamoqchi bo‘lgan o‘smir tufayli janjal chiqdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida pichoqbozlik bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 24 iyul kuni soat 16:30larda Qarshidagi “Charmgar” MFYda yashovchi voyaga yetmagan P.S. shaharning Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Sharq” supermarketida sotuvchi bo‘lib ishlovchi D.S.ning oldiga kelib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida qo‘pol so‘zlar bilan uni haqorat qilgan.

Shu vaqtda P.S.ning noo‘rin xatti-harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan supermarket qo‘riqchisi X.J.ga “Sen aralashma!” deb o‘zi bilan olib yurgan oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan. Natijada P.S. supermarket ishchilari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 24 iyul kuni P.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing