Qarshida kitobga monument o‘rnatildi

Jamiyat

image

Qarshi davlat universiteti ro‘parasida 12 dona nodir asarlar to‘plami aks etgan monument o‘rnatildi. Ushbu monumentning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir nafaqat talaba-yoshlar, balki butun viloyat aholisida katta taassurot qoldirdi.

Mazkur monument qaysidir ma’noda O‘zbekiston bo‘ylab yoshlarni kitobxonlikka jalb etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

12 dona eng nodir asarlar to‘plami aks etgan ushbu monumentda o‘ziga xos ramziy ma’no mujassam. Bu yerda adabiyotning buyuk vakillari Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Oripov, Sharof Rashidov kabi alloma va mutafakkirlar, el ardoqlagan taniqli shoir va yozuvchilar nomlari zikr etilganki, kishida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Bundan tashqari “javonga” Balzak, Shekspir, Pushkin kabi jahon adabiyotining yetakchi namoyandalari ham kiritilgan.

“Universitetimiz qoshida mana shunday monumentning o‘rnatilishi bizni to‘lqinlantirdi. Kitob bebaho ne’mat ekani barchamizga ma’lum, lekin uni qadriyat darajasiga ko‘tarib, tarixga muhrlash hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Internet sahifalarida Germaniyada buyuk nemis yozuvchi-shoirlarining asarlari hurmatiga qo‘yilgan monumentni ko‘rgandim. O‘zbek adabiyotida ham shunday buyuk ijodkorlar va ularning asrlarga tatigulik asarlari borki, ular dunyo tamadduniga ta’sir o‘tkaza oladigan darajada kuchli. Mana bugun ramziy ma’noda ular hurmatiga biz ham monument o‘rnatdik. Bu monument nafaqat kitobxonlikka da’vat qiladi, balki har daqiqada o‘zbek adabiyotining boqiy ekanligini eslatib turadi”, deydi Qarshi davlat universiteti 2-bosqich talabasi Shohsanam Abdushukurova.


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi monument

Baholaganlar

22

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing