Qarshidagi universitetga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Qarshi davlat texnika universiteti bosh binosining tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 14:53 da “112” tizimi orqali Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga universitetning bosh binosi tom qismida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan.

Vazirlikning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in soat 15:57 da to‘liq o‘chirilgan. Hozircha tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi rezina ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing