Qashqadaryoda er xotinini o‘lasi qilib kaltakladi (video)
3-sahifa
−
09:53 2877 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida er o‘z ayolini ayaovsiz kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” mahallasida vaqtincha yashovchi er-xotin – G.V. va X.K. qonuniy nikoh asosida yashab kelgan bo‘lsa-da, oilada muntazam ravishda o‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelib turgan. Shu sababli mahalla “yettiligi” tomonidan oiladagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida profilaktik choralar ko‘rilgan. Xususan, ayolga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilib, ular yashayotgan xonadonga pultli qo‘riqlash signalizatsiyasi o‘rnatilgan.
Shunga qaramay, joriy yilning 26 iyun kuni soat taxminan 23:00 da er-xotin o‘rtasida yana janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak turmush o‘rtog‘ini urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida er o‘z xotinini ayaovsiz kaltaklagan edi.
Live
Barchasi