Qarshida fuqaro o‘zini yoqib yubordi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida fuqaro o‘ziga benzin sepib yoqib yuborgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Videoda fuqarolar shahardagi korxonadan chiqayotgan badbo‘y hiddan noroziligini ko‘rish mumkin. Ular bunga chora ko‘rilishini talab qilgan. Odamlar hech kim ularning arziga quloq tutmayotganini aytmoqda.

Holatga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirib, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Fuqaroning o‘zini yoqib yuborishi sabablari aniqlanmoqda”, deydi Shamsutdinov.

Shu o‘rinda o‘zini yoqqan fuqaroning ahvoli hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi

Baholaganlar

591

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made