Qarshida 2874 tup daraxt qo‘porib tashlandi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda daraxt kesish uchun moratoriy muddati uzaytiriladi north_east

O‘zbekistonda daraxt kesish uchun moratoriy muddati uzaytiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi Buyuk Turon ko‘chasida minglab daraxtlarning qo‘porilayotganligi tasvirlangan video hamda xabar taqraldi. Davlat ekologiya qo‘mitasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, qo‘mitaning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi hamda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari holatni o‘rganish uchun bevosita bayon etilgan manzilga chiqqan.

O‘rganish davomida Qarshi shahar hokimining qaroriga asosan ajratilgan 10 gektar yer maydonida Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan bo‘lib, mazkur hududdagi 2 874 tup har xil turdagi daraxtlar davlat raqami 555 SA 70 ekskavator texnika vositasi yordamida ildizi bilan qo‘porilganligi aniqlangan va holat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Qarshi shahar Qurilish bo‘limining 2020 yil 23 noyabrdagi Qarshi shahar “Buyuk Turon” MFY, Buyuk Turon ko‘chasida tashkil etilayotgan “Kichik sanoat zonasi” hududidagi ekinzor va daraxtlarni tag qismidan olib tashlash to‘g‘risidagi murojaatga javoban Qarshi shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan daraxt va butalarni kesish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan holda, daraxt va butalarni kesishga ruxsat berilmagan.

Shu bilan birga ajratilgan 10 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan Kichik sanoat zonasi bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasining ekologik hulosasi olinmaganligi aniqlangan.

Ayni damda yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing