Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 26 oktyabr kuni xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rildi. 

Unga ko‘ra, Qarshi tumani hokimi Yusupov Behzodjon Farhodovich egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Sessiyada deputatlar Aliqulov Zoir Xalilovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Aliqulov Zoir Xalilovich shu paytga qadar Dehqonobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga borgan va u yerning sharoitidan ko‘ngli to‘lmaganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Qarshi tumani Aliqulov Zoir Xalilovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing