Qariyb 37 million so‘mlik tamaki sotganlar ushlandi
3-sahifa
−
07 fevral
3532Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda 2 nafar fuqaro daromad orttirish maqsadida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosini amalga oshirayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, ushbu shaxslar hech qanday hujjatsiz 3 xil turdagi 2 ming 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini boshqa bir fuqaroga 36 million 700 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, ularning yonidan jami 5 ming 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning dastlabki 6 oyida bojxona organlari tomonidan 155 ta huquqbuzarlik holatlarida 37,5 mlrd so‘mlik 1 mln 610 ming quti sigaret tovarlarining noqonuniy realizatsiyasiga chek qo‘yilgan.
Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 53 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, shuningdek 90 ta holatda ma’muriy ishlar yuritilib ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir nechta qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlash va muomalaga kiritishga urunish holatlari aniqlangani aytilgandi.
LiveBarchasi