Qariyb 20 ming ukrainalik harbiy xizmatga bormaslik uchun mamlakatdan qochib ketgan – BBC

Olam

image

Ukrainada 20 mingga yaqin odam harbiy xizmatga bormaslik uchun chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. Bu haqda  BBC xabar berdi. 

Nashr tomonidan Ruminiya, Moldova, Vengriya, Slovakiya va Polsha rasmiylariga jo‘natilgan so‘rovga ko‘ra, 2022 yilning fevralidan 2023 yilning 31 avgustiga qadar ukrainalik 19 ming 740 nafar odam bu davlatlar bilan chegaralarni noqonuniy kesib o‘tgan. 

Shuningdek, Ukraina rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat chegarachilari tomonidan shu vaqt oralig‘ida chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 21 ming 113 kishi qo‘lga olingan. Ulardan 14 ming 313 tasi shunchaki chegarani yoki chegara daryolarini kesib o‘tish orqali qochib ketishni rejalashtirgan. Qolgan 6 ming 800 nafari esa chegaradan o‘tish uchun soxta hujjatlardan foydalangan.

Ukraina Prezidentining parlamentdagi vakili Fedor Venislavskiy esa bu haqdagi savolga javoban, harbiy xizmatga chaqiriladiganlarning atigi 1-5 foizi armiyadan qochishga harakat qilishini va bu Ukrainaning jangovar samaradorligiga ta’sir qilmasligini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022 yil 24 fevraldan joriy yilning 30 oktyabrigacha kamida 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan kamida 2 ming 442 nafar bola Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridan Belarusga noqonuniy jo‘natilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara harbiy xizmat urush ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing