Qariya Bayden yana “qovun tushirdi”
Olam
−
12 yanvar 2022
28545Amerika yetakchisi Jo Bayden yana bir bor AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarrisni davlat rahbari deb atadi. Bu haqda “Fox News” xabar bermoqda.
Voqea kecha, 11 yanvar kuni Baydenning Atlantadagi Universitet markazidagi nutqi chog‘ida yuz bergan.
“O‘tgan hafta Prezident Xarris va men Kapitoliyda hikoyamizni “oldin va keyin”ga ajratgan lahzalardan birini muhokama qildik”, degan Bayden.
Shu tariqa, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Kamola Xarrisni uchinchi marta Prezident deb atagan.
Ma’lumot o‘rnida, Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ismini ham noto‘g‘ri talaffuz qilgan, u “vaksinatsiya” va “eskalatsiya” so‘zlarini, shuningdek, Suriyani Liviya, Iroqni Eron bilan chalkashtirib yuborgan.
LiveBarchasi