Qariya Bayden sog‘aydi
Olam
−
27 iyul 2022
4498AQSH Prezidenti Jo Bayden koronavirus uchun yana test topshirdi va bu galgi natija salbiy. Endi o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yicha qat’iy choralarga rioya qilishi shart emas. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni AQSH rahbarining davolovchi shifokori Kevin O’Konnorning bayonotida aytiladi.
“Kecha kechqurun, keyin esa bugun ertalab uning SARS-CoV-2 virusiga antikor testi salbiy natija berdi”, deyiladi hujjatda.
Uning qayd etishicha, ushbu dalda beruvchi rivojlanishni hisobga olgan holda, Prezident o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish bo‘yicha qat’iy choralarni qo‘llashni to‘xtatadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 iyul kuni 79 yoshli Baydenning koronavirus uchun topshirgan testi pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta ijobiy natija ko‘rsatdi. U Oq uyda izolyatsiya qilingan va virusga qarshi dorilar bilan davolanmoqda. Uning testi manfiy bo‘lishi bilanoq u odatdagidek ishga qaytishni rejalashtirmoqda, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.
LiveBarchasi