Moskvada o‘zbekistonlik ayol qaramog‘idagi qariyani kaltakladi (video)

Olam

Rossiya poytaxti Moskvada kasalga qarovchi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik 42 yoshli Gulnoza Rahmatova qo‘lga olindi. U o‘zi qarayotgan 90 yoshli ayolga qasddan jismoniy zarar yetkazishda gumonlanyapti. Bu haqda Rossiya IIVning Moskva boshqarmasi xabar berdi.

Politsiyaga ayolning 50 yoshli nabirasi murojaat qilib, qarovchi buvisini urayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tekshiruv o‘tkazib, shubhani isbotlovchi dalil topishgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik qarovchi o‘z qaramog‘idagi ayolni muntazam ravishda urib kelgan.

Shunday holatlardan biri videoga tushib qolgan. Kadrlarda ayol yotgan pensionerni urayotgani va siltayotgani ko‘rinadi. Shuningdek, qarovchi qariyani haqorat qilib, unga o‘shqirgan.

Aniqlik kiritilishicha, o‘zbekistonlik ayol olti yildirki 90 yoshli pensionerga qaraydi va u bilan birga yashaydi. U o‘zining tajovuzkorligini ayol uxlashni xohlamagani bilan izohlagan.

“Ikki kun uxlamadi, men ham dam olishni xohlagandim. Unga aytdim: “uxlang, men ham biroz dam olaman”, deya hodisani aytib bergan Rahmatova.

Huquq tartibot idoralari xodimlari ayolga nisbatan jinoyat ishi ochgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik

Baholaganlar

626

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing