Qanday yeguliklar uyqusizlikka sabab bo‘ladi?
Salomatlik
−
19 yanvar 2022
18325Tunlarni uyqusiz o‘tkazishga ba’zi mahsulotlar sabab bo‘lishi mumkin. Diyetolog Yelena Kalen kechki ovqatda yeyiladigan va uyquning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mashhur oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, muntazam uyqu yetishmasligi bilan immunitet pasayadi, organizmda stress gormonlari to‘planadi va tananing umumiy holati yomonlashadi. Bundan tashqari, odam tezroq charchaydi va asabiylashadi, bu ko‘pincha ortiqcha yeyishga va ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, uyqusizlikka ba’zi oziq-ovqatlar sabab bo‘lishi mumkin. Misol uchun, pishirilgan go‘sht, pomidor, baqlajon, konserva mahsulotlari, tuzlangan mahsulotlar (sabzavotlar ham, baliq ham), shuningdek avakado, mog‘orli pishloq.
“Ro‘yxatda keltirilgan mahsulotlar juda ko‘p miqdorda tiraninni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu aminokislota organizmda noradrenalinga (stress gormoni) aylanadi. Uning qondagi konsentratsiyasi barcha stressli vaziyatlarda ko‘tariladi. Natijada, biz haddan tashqari hayajonlanamiz va tunda uxlashda qiyinchiliklarga duch kelamiz”, deya tushuntirgan Kalen.
LiveBarchasi