16 yoshli o‘smir uyqusizlikdan vafot etdi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada 16 yoshli o‘smir davolab bo‘lmaydigan uyqusizlik kasalining kam uchraydigan turidan vafot etdi. Bu haqda “Izvestiya” manbasi ma’lum qildi.

Poytaxtning Yujnobutovskaya ko‘chasida yashovchi yigitning uyidan jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga yigitning uyqusizlik kasalligiga chalingani sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, irsiy bo‘lgan uyqusizlik holati kamdan-kam uchraydigan kasallik hisoblanadi. Ko‘pincha bu 50 yoshdan oshgan odamlarga ta’sir qiladi, ammo kasallik erta yoshda o‘zini namoyon qilishi mumkin. Kasallikning oxirgi bosqichlarida odam uxlay olmaydi, gapira olmaydi va tezda vazn yo‘qotadi. Dunyo bo‘ylab ushbu kasallikning 70 turdagi holati qayd etilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya kasallik uyqusizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing