Uyqusizlikdan xalos bo‘lishning qanday oson yo‘llari bor?
Salomatlik
−
01 fevral 2023
10429Uyqusizlikdan xalos bo‘lishning bir qancha oson yo‘llari mavjud. Bu haqda nevrolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidovaga tayangan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, jismoniy faollik, xususan, sport bilan muntazam shug‘ullanish uyqusizlikdan xalos bo‘lishda katta yordam beradi. Biroq bunday mashg‘ulotlarni uxlash oldidan bajarmaslik kerak, aks holda uyqusizlik kasallikni keltirib chiqaruvchi omillardan biriga aylanadi.
“Yotishdan 5-10 daqiqa oldin tinchlantiruvchi mashqlar bajarish, sokin musiqa tinglash va iliq vanna qabul qilish uxlashga yordam beradi. Biroq shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, zinhor uxlatuvchi dorilarni qabul qilish kerak emas. Eng muhimi, bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda uyg‘onishga harakat qilish lozim”, deydi nevrolog Yoqutxon Majidova.
Bundan tashqari, kunning ikkinchi yarmida tarkibida kofein bo‘lgan har qanday mahsulotni iste’mol qilish, uxlashdan avval esa qahva yoki achchiq choy ichish mutlaqo mumkin emasligi aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada 16 yoshli o‘smir davolab bo‘lmaydigan uyqusizlik kasalining kam uchraydigan turidan vafot etgan edi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi
26 noyabr